O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Bosh kotibi Bag‘dad Amreyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

2021-yilning 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Bosh kotibi Bag‘dad Amreyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston va Turkiy kengash o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning Turkiy kengashga kirishi turk dunyosining birligini mustahkamlashda tarixiy voqea bo‘lganligi va o‘zaro manfaatli sheriklikning ilgari foydalanilmagan imkoniyatlarni ochishga hissa qo‘shgani qayd etildi.

Turkiy kengash doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 2019 va 2020-yillarda Tashkilot sammitlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishning muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tashkilot doirasida bo‘lib o‘tadigan oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar jadvali, jumladan O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan turizm vazirlari, yoshlar va sport masalari bo‘yicha vazirlar uchrashuvlari, shuningdek, turkiy tilli davlatlar yosh tadbirkorlari forumi to‘g‘risida fikr almashildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiy kengash o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga oid boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

 

Anvar Ilyasov olgan surat

Mfa.uz

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *